8-noyabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Tog‘oldi va tog‘li tumanlarda sel kelishi xavfi bor.

8-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, baʼzi tumanlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li tumanlarda sel kelishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.







