O'zbekiston

“InnoWeek-2024”: “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni g‘oliblari eʼlon qilinadi

Tanlovga respublika miqyosida 100 ga yaqin nomzod hujjat topshirgan.

“InnoWeek-2024”: “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni g‘oliblari eʼlon qilinadi

“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan iqtidorli yoshlar, yosh olimlar, talabalar va tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadi.

 

Maqsad innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shib kelayotganlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlashdan iborat.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, tanlovga respublika miqyosida 100 ga yaqin nomzodlardan hujjat topshirilgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar nomzod “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni g‘olibi deb topiladi.

 

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

 

Maʼlumot uchun, “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 786-son qarori bilan taʼsis etilgan.

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Ayol Xabarovskda Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.