Toshkentda gaz taʼminoti xodimi pora bilan ushlandi
Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Tadbirkorga gaz taʼminoti loyiha hujjatlarini tayyorlab berishni vaʼda qilgan gaz taʼminoti xodimi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sergelitumangaz” gaz taʼminoti mahallada ishlash xizmati gazchisi A.E. “N.T.” MCHJ rahbari R.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida korxona uchun gaz taʼminoti loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2 200 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







