Toshkentda Nexia-3 avariyaga uchrab, ag‘darilib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Hodisa soat 15.30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida yuz bergan. 2001-yilda tug‘ilgan haydovchi o‘z boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi betonga to‘qnashib ag‘darilgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda yo‘l transport hodisasi rasmiylashtirilgan.







