O'zbekiston

Qashqadaryodagi klinikada 28 yoshli ayol vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergov boshlangan.

Qashqadaryodagi klinikada 28 yoshli ayol vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi klinikalarning birida 28 yoshli ayol qilingan antibiotik ukoldan so‘ng vafot etgani aytilgan xabar tarqalmoqda. Holat bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.

 

Aniqlanishicha, joriy yilning 6 noyabr kuni soat 11:00 atrofida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashagan fuqaro 1996 yilda tug‘ilgan B.N. (ayol) xususiy poliklinikaga anginasi shishib ketganligi bo‘yicha murojaat qilgan.

 

Xususiy klinikaning lor shifokori I.J. tomonidan ayolning tomog‘i shishib yiringlaganligi sababli uning tomoq qismidan “Seftriakson” va “Deksametazon” dori vositalari aralashmasidan inyeksiya yuborilganida bemor B.N.ning tili tortilib ketgan. Voqea joyida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan bemorning sog‘lig‘i yomonlashib hodisa joyida vafot etgan.

 

Voqea sodir bo‘lgan joyga Shahrisabz shahar prokuraturasi tergovchisi rahbarligida tergov tezkor guruhi chiqib, hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi 20 foizga oshdi: metropoliten murojaat bilan chiqdi

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi 20 foizga oshdi: metropoliten murojaat bilan chiqdi

Gavjumlikni kamaytirish uchun Chilonzor bekati o‘rniga «Mirzo Ulug‘bek», Xalqlar do‘stligi bekati o‘rniga esa «Milliy bog‘» bekatidan foydalanish tavsiya etilmoqda.

30 mingga yaqin pedagog kasbiy sinovdan o‘ta olmadi: har 9 pedagogdan faqat 2 nafari sertifikat oldi

30 mingga yaqin pedagog kasbiy sinovdan o‘ta olmadi: har 9 pedagogdan faqat 2 nafari sertifikat oldi

Eng yuqori natija Samarqand davlat chet tillar instituti bitiruvchilarida qayd etildi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: bugun “yashil” daraja kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: bugun “yashil” daraja kutilmoqda

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Endi pensiyaga muddatidan oldin chiqish uchun idorama-idora yurish shart emas

Endi pensiyaga muddatidan oldin chiqish uchun idorama-idora yurish shart emas

Korxona tugatilishi yoki shtatlar qisqarishi sababli ishsiz qolgan fuqarolar pensiyaga chiqish uchun onlayn ariza berishi mumkin.

36 ming dollarlik opiy savdosi fosh etildi: uch viloyatda narkotik moddalar bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

36 ming dollarlik opiy savdosi fosh etildi: uch viloyatda narkotik moddalar bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Qashqadaryodagi YPX maskanida tekshirilgan avtomobil yo‘lovchisidan 327 gr opiy va 127 gr gashish topilgan.

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari 39,5 foizga oshdi: 10 oyda 23,6 trln so‘m ajratildi

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari 39,5 foizga oshdi: 10 oyda 23,6 trln so‘m ajratildi

Ajratilgan mablag'larning asosiy qismi birlamchi uy-joy bozoriga yo‘naltirilgan.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: 20-noyabr tongida “yashil” daraja bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: 20-noyabr tongida “yashil” daraja bo‘ladi

Bunga tunda shamol kuchayishi va havo almashinuvi yaxshilanishi sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Olti bob va xotimadan iborat kitobda «Davlat — inson uchun» va «Inson qadri uchun» tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat taraqqiyotining ustuvor vazifalari hamda davlat va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar tahlil qilingan.