O'zbekiston

Buxoroda “paynetchi” yigit o‘nlab odamlarni chuv tushirdi

U mijozlar nomiga kredit olib, pullarni qimorga tikib yuborgan.

Buxoroda “paynetchi” yigit o‘nlab odamlarni chuv tushirdi

Taʼkidlanishicha, Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limiga ushbu tumanning Iskogare mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan. U o‘z arizasida uning nomiga “Anorbank”dan 54 million so‘m kredit olingani, lekin uni o‘zi olmagani, hozirda mazkur kredit uchun to‘lovlar uning plastik kartasidan yechib olinayotganini bildirgan. Holatga aniqlik kiritishni va aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizik bo‘limi xodimlari tomonidan kechiktirib bo‘lmas tezkor-texnik va surishtiruv harakatlari olib borilgan.

 

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu firibgarlik jinoyatini 2008 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan Sh.X. sodir qilgani aniqlangan.

 

Aniqlanishicha, Sh.X. Shofirkon tumanida joylashgan “Paynet” shaxobchasida norasmiy tarzda ishlab, fuqarolarga sim karta berish bilan shug‘ullanib kelgan. Ushbu jarayonda mijozlarning fotosuratlarini identifikatsiyadan o‘tkazish uchun olgan. Ularni xabardor qilmasdan, yashirin ravishda fuqarolarning telefon raqami va fotosuratidan foydalangan holda onlayn shaklda nomiga kredit olish bilan shug‘ullanib kelgan. Shu tarzda u 10 dan ortiq fuqarolarga ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazgan.

 

U odamlarning nomiga olingan pullarni onlayn qimor o‘yinlariga tikib yuborgan. Ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Buxoroda “paynetchi” yigit o‘nlab odamlarni chuv tushirdi | Zamon.uz