Toshkentdagi akademik litseyda o‘quvchi kaltaklandi
Holatga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 16-may kuni Chilonzor tumanidagi Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan akademik litseyda sodir bo‘lgan.
2007-yilda tug‘ilgan o‘quvchi J.M. darsga tayyorgarlik ko‘rmagani va o‘qituvchi M.A. bir necha bor ogohlantirsada, bola tartibga kelmaganligi uchun o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchining yuz qismiga qo‘li bilan qattiq urganligi aniqlangan.
Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qo‘shimcha axborot berilishi aytildi.







