Shahrisabzda yashirin sex fosh bo‘ldi
U yerda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda “Kesh” MFYda yashovchi fuqaro N.Q. o‘zining yashash xonadonining yerto‘lasida yashirin sex tashkil etib, yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan. 604 litr isteʼmolga yaroqsiz yog‘, 320 kg chigit, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







