Salomatlik

Zudlik bilan vaksina ishlab chiqish lozim bo‘lgan kasalliklar ochiqlandi

JSST bu bo‘yicha ro‘yxat eʼlon qildi.

Zudlik bilan vaksina ishlab chiqish lozim bo‘lgan kasalliklar ochiqlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tezkor ravishda yangi vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan 17 ta patogen ro‘yxatini taqdim etdi.

 

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, OIV, bezgak va tuberkulyozga qarshi yana-da samarali vaksinalar yaratish bo‘yicha izlanishlarni davom ettirish kerak. Chunki xuddi shu xastaliklar tufayli yiliga 2,5 million kishi hayotdan ko‘z yummoqda.

 

JSST ro‘yxatidan joy olgan birinchi guruhga munsub quyidagi kasalliklarga qarshi hali emlash vositalari mavjud emas:

 

  • A guruhiga kiruvchi streptokokklar,
  • gepatit C virusi,
  • OIV-1 (HIV-1)
  • Klebsiyella pnevmoniyasi.

 

Ikkinchi guruhga mansub quyidagi patogenlarga qarshi vaksinalar yaratilgan, ammo ularni kelgusida yana-da takomillashtirish zarur:

 

  • sitomegalovirus,
  • gripp virusi,
  • leyshmanioz,
  • salmonellyoz,
  • norovirus,
  • bezgak plazmodiyasi,
  • shigella,
  • tillarang stafilokokk.

 

Uchinchi guruhga mansub quyidagi kasalliklarga qarshi vaksinalar esa nazorat qiluvchi organlar tomonidan ro‘yxatga olinish arafasida:

 

  • Denge bezgagi,
  • B guruhiga kiruvchi streptokokklar,
  • ichak tayoqchasi,
  • tuberkulyoz,
  • respirator-sinsitial virus.
custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"