Fuqaro oyog‘iga dori yashirib, chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘ldi
Ularning umumiy qiymati 4 mln so‘m bo‘lgan.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona post orqali qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqaro shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, fuqaro o‘z tanasining oyoq qismlariga oldindan yashirib olgan, og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan 199 dona “Anaferon” nomli dori vositalarining borligi maʼlum bo‘lgan.
Maʼlumot o‘rnida, ushbu dori vositalarining taxminiy summasi 4 mln so‘m bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.







