Toshkentda avtobus avariyaga uchradi
Oqibatda yo‘lovchilardan biri jarohatlangan.

Holat kecha, 11-noyabr kuni soat 06:00 larda Uchtepa tumani THAY ko‘chasi Beltepa mazvesida yuz bergan. King Long rusumli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ko‘chatlar sotiladigan joyga urilgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida 1 nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. King Long rusumli avtobus texnik shikastlangan.
Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







