Xorazmdagi to‘yda guruh bo‘lib harakatlanganlar jazolandi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Maʼlum qilishinicha, ushbu holat Xorazm viloyati Hazorasp tumani 26 umumtaʼlim maktabi qarshisida sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, ushbu to‘y marosimlarida qatnashgan barcha transport vositalari va ularning haydovchilari shaxsiga oydinlik kiritilgan.
Belgilangan tartibda yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tgan ushbu haydovchilarga nisbatan MJtKning 128-5 moddasi 2-qismiga ko‘ra, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Transport vositalari vaqtincha ushlab turishi uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Bundan tashqari, avtomashinadan tanasini chiqarib harakatlangan yo‘lovchilar ham maʼlum bo‘lgan. Ularga nisbatan hududiy profilaktika inspektorlari tomonidan surishtiruv o‘tkazilib, belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rilishi belgilanmoqda.







