O'zbekiston

O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan 65 kg “gashish” musodara qilindi

Bu haqida DXX xabar berdi.

O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan 65 kg “gashish” musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Chegara qo‘shinlari hamda bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Denov tumanida yashovchi fuqaro o‘zining “Cobalt” rusumli avtomashinasida Uzun tumani hududida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatildi.

 

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida 50 kg 567 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u giyohvandlik vositasini tojikistonlik narkosavdogarlardan olganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Farg‘ona viloyatida qayd etilgan holatda, Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro muqaddam tojikistonlik narkokurerlar tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 4 kg 929 gr “gashish” moddasini qabul qilib olib, yo‘lovchi avtomashinada doimiy yashash manziliga qaytib kelayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Farg‘ona shahrida qo‘lga olindi.


 
Aniqlanishicha, u giyohvandlik vositasini qayta sotib, mo‘may daromad topishni maqsad qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda “Samarqand – Andijon” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Spark” rusumli avtomashina Bo‘ston tumanidagi YPX maskanida to‘xtatilib, tekshirildi.

 

Natijada, unda ketayotgan Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi 3 nafar shaxs hamda Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasuv shahrida yashovchi ushbu davlat fuqarosidan 4 kg 727 gr “gashish” moddasi olindi.

 

Aniqlanishicha, ular mazkur giyohvandlik vositasini tojikistonlik shaxsdan Urgut tumaniga keltirib berish sharti bilan sotib olishgan va uni qoldirib ketilgan xufiya joydan olib, ortga qaytayotgan bo‘lishgan.

 

Boshqa holatda esa Paxtaobod tumanida yashovchi 4 nafar fuqaro Qirg‘izistondagi narkosavdogarlar yetkazib bergan 4 kg 634 gr “gashish” moddasini Andijon tumanida 53 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ulardan 3 nafari muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan 65 kg “gashish” musodara qilindi | Zamon.uz