O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashdi

Muloqotda do‘stlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashdi

Boku shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisini BMTning Iqlim bo‘yicha sammiti (COP29) muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan samimiy muborakbod etdi.

 

Joriy yil avgust oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi

 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni jadal rivojlantirish yilida hamkorlik yuksak darajaga yetgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, qurilish va shaharsozlik hamda boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

 

Loyihalar portfelini, shu jumladan Qo‘shma investitsiya kompaniyasi mablag‘larini jalb etgan holda yana-da kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

 

Faol madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuvni davom ettirish, shuningdek, 2025 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida keng qamrovli tadbirlar dasturini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Uchrashuv doirasida Xonkandi shahrida qo‘shma tikuvchilik fabrikasini ishga tushirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashdi | Zamon.uz