O'zbekiston

Ikkita viloyatda hokimlik mansabdorlari jazolandi

Ular ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlariga rioya qilmagan.

Ikkita viloyatda hokimlik mansabdorlari jazolandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Namangan hamda Farg‘ona viloyatining tuman va shaharlarida joriy yilning 3-choragi yakunlari bo‘yicha Davlat rahbarining PF-6247-son Farmoniga asosan ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni eʼlon qilib borilishi holati tahlil qilindi.

 

Jumladan, Namangan viloyatining Namangan, Uychi, Uchqo‘rg‘on tumanlari, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani, Quvasoy hamda Marg‘ilon shaharlari hokimliklarining bu boradagi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

 

Maʼlumki, tuman va shahar hokimliklari tomonidan 12 turdagi maʼlumotlarni davriy ravishda ochiq eʼlon qilib borilishi belgilangan.

 

O‘rganishlar davomida qator tuman va shahar hokimliklari tomonidan ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlashda sustkashliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

 

Xususan, hokimliklar tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi yoki mahalliy budjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi va boshqa qator muhim maʼlumotlar belgilangan tartibda eʼlon qilinishi choralari ko‘rilmagan.

 

Natijada, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ygan masʼul xodimlarni javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari hokimliklariga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Ikkita viloyatda hokimlik mansabdorlari jazolandi | Zamon.uz