Shahrisabzda yashirin sex fosh bo‘ldi
U yerda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda “Uymovut” MFYda yashovchi fuqaro o‘z uyining yordamchi xonasida tashkil etgan yashirin sexda yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan. 100 litr isteʼmolga yaroqsiz yog‘, 118 kg chigit, 2 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







