O'zbekiston

Sirdaryoda haydovchidan pora so‘ragan inspektor ushlandi

Sud hukmi bilan u ozodlikdan mahrum qilingan.

Sirdaryoda haydovchidan pora so‘ragan inspektor ushlandi

Maʼlum qilinishicha, Sirdaryoda YHXX katta inspektori YTH yuz bergan joyga yetib borgan. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirib, yo‘lovchilardan birining tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash uchun tibbiyot ekspertizasini tayinlagan. Haydovchining boshqaruvidagi mashinani shu kuniyoq jarima maydonchasiga joylashtirgan. Oradan 4-5 kun o‘tgach, haydovchini o‘z xizmat xonasiga chaqirgan.

 

Natijada u YTH sodir etilgani bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv materiallarini haydovchining foydasiga hal qilgan holda sudga chiqarish, sud tibbiy ekspertizasini yengillashtirish hamda avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berishni vaʼda qilgan. Buning evaziga haydovchidan 400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan.

 

Haydovchi xodimning bu taklifiga rozi bo‘lmasdan va o‘z vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

 

Uning arizasiga asosan, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida YHXX katta inspektori o‘z xizmat xonasida 200 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.

 

Holat yuzasidan sud ishi JIB Guliston shahar sudida ko‘rib chiqildi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, u JKning 210-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, 3 yil muddatga IIOda har qanday lavozimda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilar ishdan olinmaydi: vazirlikdan yangi ko‘rsatma

B2 sertifikati bo‘yicha yakuniy tartib Vazirlar Mahkamasi qaroridan so‘ng belgilanadi.

custom img

Firibgarlikka qarshi yangi tizim: banklarda antifrod 24/7 ishlaydi

Markaziy bank banklar, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari uchun shubhali operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha yangi talablarni taklif qilmoqda.

custom img

Janni Infantino O‘zbekistonda: FIFA delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan keldi

FIFA delegatsiyasi O‘zbekistonda qator futbol obyektlari va loyihalari bilan tanishadi.

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

custom img

Kommunal xo‘jaligi xodimlari uchun: O‘zbekistonda yangi faxriy unvon ta’sis etildi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan va aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlanadi.

custom img

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

custom img

Global innovatsiya indeksi: O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 77-o‘rinni egalladi

Mamlakat o‘tgan yilgi natijasiga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"