O'zbekiston

Qoidani buzgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi

Taqiqlangan joydan burilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi binosiga kirib ketgan haydovchiga faqatgina yo‘l chizig‘ini bosganlik uchungina jarima qo‘llangan, xolos.

Qoidani buzgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi

Qoidabuzarlik qilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, FVVga tegishli “01 050 FVV” raqamli Malibu avtomobili haydovchisiga qonuniy chora ko‘rilgan. Haydovchiga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga (Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) asosan yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun BHMning yarim baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llangan.

 

Videoda “01 050 FVV” raqamli Malibu avtomobili taqiqlangan joydan burilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi binosiga kirib ketganini ko‘rish mumkin. Voqea 12 noyabr kuni Toshkent shahri Nurafshon ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasi yaqinida ro‘y bergan. FVV binosi shu yerda joylashgan.

 

MJtKning 128-5-moddasi 2-qismiga ko‘ra, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqish – 10 BHM (3 mln 750 ming so‘m) jarimaga sabab bo‘ladi. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qoidani buzgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi | Zamon.uz