Toshkentda Equinox va Traverse avariyaga uchradi
Holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi.

Bugun, 18 noyabr kuni soat 08:40 larda Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasi “Asalari uyushmasi” qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatiga ko‘ra, haydovchi N.R. boshqaruvidagi Equinox rusumli hamda I.S. boshqaruvidagi Chevrolet Traverse rusumli transport vositalari to‘qnashib ketgan.
YTH natijasida Chevrolet Traverse avtomobilidagi ikki nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







