O'zbekiston

Qoraqalpog‘iston va Buxoroda hokim yordamichlari kredit pullarini talon-taroj qildi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Qoraqalpog‘iston va Buxoroda hokim yordamichlari kredit pullarini talon-taroj qildi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda joylarda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda DXX xabar qildi.

 

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Ellikqalʼa tumanidagi mahallalardan biridagi hokim yordamchisi 33 nafar fuqaroga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tavsiyanomalar rasmiylashtirib, ular nomiga bankdan jami 1 mlrd 88 mln so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishiga muvaffaq bo‘lgan.

 

So‘ngra o‘zining tanishi bo‘lgan fuqaro nomiga masʼuliyati cheklangan jamiyat tashkil qilib, amalda uni norasmiy tarzda boshqarib, 1 mlrd 88 mln so‘mni go‘yoki turli xil mahsulotlar xarid qilish uchun mazkur MCHJ hisob raqamiga o‘tkazgan va naqdlashtirish orqali talon-toroj qilgan.

 

Bundan tashqari, hokim yordamchisi o‘zining turmush o‘rtog‘i va singlisi nomiga olingan jami 65,9 mln so‘m kredit mablag‘larini ham maqsadsiz sarflab yuborgan.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddalari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa G‘ijduvon tumanidagi mahallalardan biridagi hokim yordamchisi 26 nafar fuqaroga yirik va mayda shoxli chorva mollari sotib olishlari uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tavsiyanomlar rasmiylashtirib, ular nomiga bankdan jami 821 ml 858 ming so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishiga erishgan.

 

So‘ngra mazkur fuqarolarni aldab, kredit mablag‘lari evaziga taʼminotchi korxonlardan 26 kishi uchun ajratilgan chorva mollarini soxta hujjatlar asosida qabul qilib, ularni boshqa shaxslarga sotib yuborish orqali 821 mln 858 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ni talon-toroj qilgan.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddalari (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qoraqalpog‘iston va Buxoroda hokim yordamichlari kredit pullarini talon-taroj qildi | Zamon.uz