Sirdaryodagi sexda 5 mrdl so‘mlik gaz o‘g‘irlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Yangiyer tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.Z.” MCHJ masʼul shaxslari “A.Jomiy” MFY hududididagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagich priborlaridan tashqari yashirincha ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 5 mlrd 25 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







