O'zbekiston

Zangiotada voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

U mashinasida qizga tegajog‘liq qilgan.

Zangiotada voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

Kecha, 19 noyabr kuni Toshkent viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida voyaga yetmagan G.B.ga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan K.K.ga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi.

 

Aniqlanishicha, huquqbuzar K.K. 2024 yil 17 oktyabr kuni soat 14:20 atrofida avtomashinasida Zangiota tumani tomonga harakatlanib kelayotib yo‘l chetidan ketayotgan voyaga yetmagan G.B.ni ko‘rib, undan Zangiota tumani Bo‘s suv xududiga qanday borilishini so‘ragan. Shundan so‘ng, jabrlanuvchi G.B. unga yo‘l ko‘rsatishini aytib uning avtomashinasiga o‘tirgan.

 

Huquqbuzar yo‘lning maʼlum bir qismiga yetib borgach avtomashinasini yo‘l chetiga to‘xtatib jabrlanuvchiga shahvoniy shilqimlik qilgan. G.B. qo‘rqib ketib baqirib yuborgan va avtomashinadan tushib qochib ketgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi K.K. MJtKning 41-1-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilsin va unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.