O'zbekiston

Bo‘kada 19 yoshli homilador ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

Uning o‘limiga shifokorlar aybdor ekani aytilmoqda.

Bo‘kada 19 yoshli homilador ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 19 yoshli ayol va uning homilasi shifokorlar aybi bilan nobud bo‘lgani aytilgan videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, Bo‘ka tumani “Yangiobod” MFYda yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan N.S. joriy yil 17 noyabr kuni soat 14:30 lar atrofida onasi tomonidan ushbu tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limiga yo‘llanma asosida olib kelingan.

 

Bemor “Homiladorlik-I, 30 hafta, siydik yo‘li infeksiyasi, semizlik-III daraja” dastlabki tashxisi bilan muassasaga yotqizilgan. Shunga qaramay, ayol o‘sha kuni soat 17:10 lar atrofida tilxat asosida shifoxonadan chiqib ketgan.

 

Oradan 3 kun o‘tib, 20 noyabr kuni soat taxminan 04:50 da bemor N.S. ushbu tug‘uruq bo‘limiga qayta murojaat qilgan va tanasida shishlar hamda sariqlik belgilari bilan og‘ir ahvolda qabul qilingan. Unga “Homiladorlik-I, 30 hafta, siydik yo‘li infeksiyasi, o‘tkir yog‘li gepatoz, anemiya o‘rta og‘ir daraja, semizlik-III daraja” dastlabki tashxisi qo‘yilgan.

 

Biroq shu kuni soat 13:10 lar atrofida davolanish chog‘ida ayolning ahvoli og‘irlashgan va shifokorlar konsiliumidan so‘ng bemor reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Uning holati bo‘yicha viloyat perinatal markaziga xabar berilgan.

 

Homilador ayol salomatlik holati hisobga olingan holda, soat chamasi 14:55 da jarrohlik amaliyotiga olingan. Operatsiya chog‘ida bemorda barcha inyeksion muolajalar tibbiy ko‘rsatmaga muvofiq bajarilgan.

 

Lekin N.S. ning umumiy ahvoli jarrohlik amaliyoti bajarilayotgan davrda yana-da og‘irlashib, klinik o‘lim holati sodir bo‘lgan. Tegishli reanimatsion muolajalar bajarilishiga qaramay, bemorda soat 17.50 atrofida biologik o‘lim qayd etilgan.

 

Dastlabki xulosaga ko‘ra, mazkur holat sababi sifatida “O‘pka arteriyasining tromboembolik sindromi. Og‘ir gepatoz. O‘tkir jigar yetishmasligi. Urosepsis. Septik shok" qayd etilgan va soat 20.00 lar atrofida prokuratura organlariga rasmiy axborot berilgan.

 

Taʼkidlanishicha, belgilangan tartibga binoan, tibbiyot muassasalarida sodir bo‘lgan har qanday o‘lim holatlari patanatomik tekshiruvga yoki sud-tibbiy ekspertizaga, biologik o‘lim qayd etilgandan so‘ng ikki soat davomida yo‘naltiriladi.

 

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh akusher-ginekologi rahbarligidagi ishchi guruh xizmat tekshiruvini amalga oshirmoqda. O‘z navbatida, Bo‘ka tumani prokuraturasi tomonidan ona o‘limi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bo‘kada 19 yoshli homilador ayol tug‘uruqxonada vafot etdi | Zamon.uz