O'zbekiston

O‘zini kasal deb aldab, odamlardan pul yig‘gan ayol ushlandi

U TikTokda kanal ochib, odamlardan davolanish uchun yordam so‘ragan.

O‘zini kasal deb aldab, odamlardan pul yig‘gan ayol ushlandi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida yashovchi 38 yoshli ayol sog‘lom bo‘lsa-da, Tik-Tok platformasida kanal ochib, go‘yoki o‘zini jigar sirrozi va bosh miya saratoni kasalligiga chalingan qilib ko‘rsatgan. Shu tariqa davolanishi uchun katta miqdorda pul zarurligini aytib, video tasvirga olib kanaliga joylagan.

 

Aniqlanishicha, u bir fuqarodan 5 mln so‘mdan ortiq pullarni plastik kartasiga o‘tkazishga erishgan. Boshqa fuqarolar ham unga 1 mln va 1,5 mln so‘m miqdorida xayriya yordamini tashlab bergan. Firibgar pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

 

Ayolga nisbatan JKning 57-moddasiga asosan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Holat yuzasidan sud ishi JIB Jondor tuman sudida ko‘rib chiqildi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, N.M. JKning 168-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan besh yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

custom img

O‘zbekistonda AI-92 benzini narxi rekord darajada qimmatladi

Respublika tovar-xomashyo birjasida AI-92 markali avtomobil benzini narxi bir tonna uchun qariyb 14 mln so‘mga yetdi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qiladi

Toshkent shahrida 10–19-iyul kunlari 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqa tarixda ilk bor Markaziy Osiyo mamlakatida tashkil etilmoqda.

custom img

Toshkentda Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhit tadqiqotlari markazi ochiladi

Markaziy Osiyo va Xitoy ekologiya yo‘nalishidagi ilmiy hamkorlikni kuchaytirmoqda.

custom img

Oliygoh bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlarga bir yillik soliq imtiyozi beriladi

Yosh tadbirkorlarga 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratilib, yangi dasturlar uchun 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

custom img

O'zbekistonda kasblarga o‘qitadigan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yo‘lga qo‘yiladi

Yoshlar uchun “kasb vaucheri” joriy etilib, har yili 50 ming nafar yigit-qizning kasb o‘rganish xarajatlari qoplanadi.

custom img

“Milliy terma jamoani tanqid emas, qo‘llab-quvvatlash kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari futbolni rivojlantirish, investitsiyalarni ko‘paytirish va bolalar futboliga alohida e’tibor qaratilishini ma’lum qildi.

custom img

“Yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar hal bo‘ldi, deb bo‘lmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezidentning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki yilda yoshlar jinoyatchiligi 2,5 barobarga kamaygan.

custom img

Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi

Hodisada jabrlanganlar holati haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"