O'zbekiston

O‘zbekistonda “Vatandosh” kartasi joriy qilindi

Ushbu kartaga ega shaxslar O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda “Vatandosh” kartasi joriy qilindi

20 noyabr kuni 397-sonli prezident qarori bilan «“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risida Nizom» tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

 

Nizom bilan O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi belgilandi.

 

“Vatandosh” guvohnomasi — xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni rag‘batlantirish shakli bo‘lib, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan, respublikada xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda “Vatandosh” kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat.

 

Vazirlik va idoralar tomonidan taklif va tashabbus asosida guvohnoma berish bo‘yicha taqdim etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga tavsiyanoma kiritiladi.

 

“Vatandosh” kartasi — guvohnoma asosida 5 yil muddatga (vatandosh milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan holda) beriladigan hamda O‘zbekiston hududida belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklidagi hujjat;

 

Kartaga ega vatandoshlarga quyidagi huquqlar beriladi:

 

  • O‘zbekiston hududiga vizasiz kirish va chiqish;

 

  • mamlakat hududida ko‘chmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan ko‘chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va O‘zbekistonda yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;

 

  • xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish;

 

  • O‘zbekiston fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.

 

Karta egalarining oila aʼzolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:

 

  • amaldagi viza muddatini uzaytirishda O‘zbekiston hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik viza olish;

 

  • O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;

 

  • vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Surxondaryoda narkotik moddalarni avtomobil ehtiyot qismlariga yashirib olib kirish va qabul qilib olish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Endi ikki yoki undan ortiq faol moddali dorilar ham retseptsiz sotiladigan toifaga kiritililadi.

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Kadrlar yetishmayotgan shimoliy hududlarida o‘zbekistonlik kadrlarni tayyorlash va ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Zangiotada elektrdan qarzdorlik sabab mashinalar xatlandi

Zangiotada elektrdan qarzdorlik sabab mashinalar xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaroning tokdan 3 mlrd so‘mdan ziyod qarzi mavjud bo‘lgan.

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fermer xo‘jaligidan elektr taʼminotchi korxonasi foydasiga 670 mln so‘m undirish belgilangan.