O'zbekiston

“Kelishimizdan maqsad – odamlar hayotini ko‘rish”

Prezident Yangihayotdagi mahallaga bordi.

“Kelishimizdan maqsad – odamlar hayotini ko‘rish”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi Xushnud mahallasida bo‘lib, aholi hayoti, hududdagi o‘zgarishlar bilan tanishdi.

 

Mahalla yangi – 2021 yil tashkil etilgan. Bu yerdagi 48 ta ko‘p qavatli uy hamda 625 ta hovlida 11 mingdan ziyod aholi yashaydi. Bolalar bog‘chasi, sport maktabi, oilaviy poliklinika, xususiy klinika, ishlab chiqarish korxonalari, do‘kon va maishiy xizmat shoxobchalari bor. Bu yil 49 ta mikroloyiha orqali 116 nafar fuqaro bandligi taʼminlandi. 

 

Avvallari bu joylar chekka, ko‘rimsiz edi. 2018 yildan boshlab zamonaviy uylar, bolalar o‘yingohi va sport maydonchalari qurildi. Atrof obodonlashtirildi.

 

Mahallaning uch qavatli binosi ham shu yil yangi bunyod etildi. Uning birinchi qavatida mahalla raisi va xodimlarinig xonalari, kutubxona, jadidlar burchagi joylashgan. Yuqori qavatlarda aniq fanlar va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi, fitnes zal faoliyat olib bormoqda. Yerto‘la qismida yoshlarni kasbga yo‘naltiruvchi monomarkaz tashkil etilgan.

 

Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Mahalla faollari va nuroniylar bilan suhbatlashdi. Ular so‘nggi yillarda Yangihayot tumani jadal o‘zgargani, yangi transport yo‘llari va korxonalar qurilib, hayot jonlanganini aytishdi.

 

– Bugun kelishimizdan maqsad qabul qilayotgan qarorlarimiz natijasini, odamlar hayotini ko‘rish. Xuddi bu tumandagiday, har bir hududni rivojlantirish, odamlarga qulayliklarni va ish joylarini ko‘paytirishga harakat qilayapmiz. Shu bilan birga, taʼlim-tarbiyaga, madaniyatga katta eʼtibor qaratayapmiz. Bilim va maʼnaviyat mustahkam bo‘lsa, iqtisodiyot ham yaxshi rivojlanadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

   

Prezident mahalladagi 150 o‘rinli, zamonaviy sharoitlar yaratilgan xususiy bog‘cha faoliyati bilan ham tanishdi. U joriy yilda foydalanishga topshirilgan 16 qavatli uyning birinchi-ikkinchi qavatida joylashgan. Muassasa xonalarini jihozlashda zamonaviylik va milliylik uyg‘unlashuviga alohida eʼtibor qaratilgan.

 

Mahallada yosh bolali ayollar ko‘p. Ular uchun shu yerga yaqin joylarda tikuvchilik, qandolatchilik kabi yo‘nalishlarda ish o‘rinlari yaratilmoqda. Mazkur bog‘cha ular uchun ancha qulay bo‘ldi. Ko‘ngli xotirjam ish bilan band bo‘ladi, oilasiga qo‘shimcha daromad keltiradi.

 

Mamlakatimizda muhim dasturlar aynan mahallalarda amalga oshirilayotgani, tizimga katta vakolat va imkoniyatlar berilayotgani taʼkidlandi. Bu ishlar ulardagi obodlik, aholi farovonligida ifodasini topayotgani qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Kelishimizdan maqsad – odamlar hayotini ko‘rish” | Zamon.uz