O'zbekiston

Prezident Yangihayotdagi yangi sanoat zonasiga bordi

Bu yerda 1 milliard 375 million dollarlik loyihalar joylashtiriladi.

Prezident Yangihayotdagi yangi sanoat zonasiga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 noyabr kuni poytaxtimizning Yangihayot tumanida barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi.

 

Mamlakatimizda sanoat va tadbirkorlik rivojlangani sari qo‘shimcha sharoitlarga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 20 martdagi qarori bilan tashkil etilgan mazkur sanoat zonasi yana ko‘plab korxonalarga joy bo‘ladi.

 

Hudud iqtisodiyotida katta o‘ringa ega bo‘lishi kutilayotgan majmua maydoni 764 gektar. Ayni paytda infratuzilma tarmoqlari barpo etilmoqda. Bu yerda oziq-ovqat, qurilish materiallari, elektrotexnika, mashinasozlik va kimyo sanoati kabi yo‘nalishlarda 1 milliard 375 million dollarlik 47 ta loyiha joylashtiriladi. Ularda 12 mingtaga yaqin yangi ish o‘rini yaratiladi.

 

Prezidentimiz taʼkidlaganidek, korxonalarda xalqaro brendlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, “DP World”, “JAC Motors”, “Krantas”, “Aces Japan”, “East can solutions”, “EAS” va “Evyap” kabi nufuzli kompaniyalar hamkorligida qo‘shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqariladi.

 

Davlatimiz rahbariga shunday loyihalardan ayrimlari taqdimot qilindi.

 

Xususan, Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi bilan sanoat zonasini boshqarish, investorlarni jalb qilish va infratuzilma obyektlarini barpo qilish ko‘zda tutilgan. “JAC Motors” kompaniyasi tijorat avtotransport vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. 135 million dollarlik bu loyiha natijasida 2 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Yaponiyaning “Aces Japan” kompaniyasi bilan hamkorlikda 9 million dollarlik ofis uchun o‘rindiq va mebellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, yana 100 kishining bandligi taʼminlanadi.

 

Birlashgan Arab Amirligining “DP World” kompaniyasi bilan esa transport-logistika markazini tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlangan.

 

Hududda laboratoriya, tadqiqotlar markazi, konferensiya zallari hamda savdo zonasi tashkil etiladi. Shuningdek, dual taʼlim yo‘lga qo‘yilib, sanoat korxonalari uchun kerakli mutaxassislar shu yerning o‘zida tayyorlanadi.

 

- Oxirgi yillarda yalpi ichki mahsulotimiz ikki barobar o‘sib, bu yil 110 milliard dollarga yetayapti. Endi buni 200 milliard dollarga yetkazishga marra oldik. Investorlarning loyihalari uchun barcha sharoitlarni yaratib bermasak, bu ko‘rsatkichga yetolmaymiz. Toshkent shahri bunda ham namuna bo‘lishi kerak, - dedi Prezident.

 

Mutasaddilarga loyihalarda mahalliylashtirish va raqamlashtirish, energiya tejamkorlikka ahamiyat qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

 

 

custom img

Qashqadaryoda 9 mingdan ortiq fuqaroning uy-joyiga egalik huquqi tan olindi

Bugungi kunga qadar 100 mingdan ortiq ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkazilgan.

custom img

“Mening bog‘im” dasturi doirasida har bir loyihaga  400 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi.

custom img

Toshkentda Qurilish vazirligi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi

U Yunusoboddagi uylarni boshqa boshqaruv kompaniyasiga o‘tkazib berish evaziga 2200 dollar talab qilgan.

custom img

Jizzaxda jamoat transportida 1-apreldan to‘lov uchun naqd pul qabul qilinmaydi

ATTO orqali to‘lov amalga oshirilganda yo‘lkira 2100 so‘mni tashkil etadi.

custom img

O‘zbekistonda internetsiz mobil aloqa tarif rejalari joriy etilishi mumkin

Mobil aloqa operatorlari tomonidan internet trafigisiz tarif rejalarini taklif etish majburiy bo‘lishi mumkin.

custom img

Toshkent viloyatida 4 nafar egizak tug‘ildi

Toshkent viloyati IIBB xodimi 2 nafar o‘g‘il va 2 nafar qizning otasi bo‘ldi.

custom img

O'zbekistonda Ekologik komissiyaning vakolatlari butun respublika miqyosida kengaytirildi

Komissiyaning nomi “Respublika maxsus komissiyasi” deb o‘zgartirilib, faoliyati 2027-yil 1-martga qadar uzaytirildi.

custom img

Namanganda parrandachilik sohasida 50 mln dollarlik yirik loyiha amalga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida iqtisodiy rivojlanish, turizm, qishloq xo‘jaligi hamda infratuzilma loyihalarini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"