Ichki ishlar vazirligida uch mansabdor ishdan olindi
Ular orasida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari ham bor.

IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i polkovnik Axrorjon Atxamov lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev va IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sobirov Timur Akramovich ham lavozimidan olingan.






