O'zbekiston

Prezident avtomobil sanoatidagi rejalar bilan tanishdi

Kelasi yil 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Prezident avtomobil sanoatidagi rejalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatida qilinayotgan ishlar va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar haqida axborot berildi.

 

Mamlakatimiz sanoatida avtomobilsozlik ulushi 10 foizni tashkil etadi. O‘tgan o‘n oyda 338 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. 1 ming 400 turdagi butlovchi qismlar mahalliylashtirilgan. Iqtisodiy choralar natijasida sohada tannarx 4 foiz kamaygan. Eksport 455 million dollar bo‘lgan.

 

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati raisi oldindagi rejalar va vazifalar yuzasidan axborot berdi.

 

Kelasi yil 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish va eksportni 700 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Hududiy korxonalar bilan kooperatsiyani kuchaytirib, mahalliylashtirishni oshirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, 700 ta detalni o‘zlashtirish bo‘yicha 325 million dollarlik 63 ta loyiha amalga oshiriladi.

 

Maʼlumki, Jizzaxda “BYD” kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobil zavodi barpo etilgan. Hozirda u yerda Chazor va Song Plus Champion kabi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. Kelgusi yillarda modellar qatorini kengaytirish rejalashtirilgan. Qiymati 300 million dollarlik ikkinchi bosqichda elektromobillar sonini yiliga 200 ming donaga, uchinchi bosqichda 500 ming donagacha yetkazish ko‘zda tutilgan.

 

Davlatimiz rahbari xitoylik hamkorlar bilan kelishib, qo‘shimcha quvvatlarni qurish, elektromobillar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarni izchil o‘zlashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Kooperatsiya asosida mahalliy korxonalarga buyurtmalarni shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident avtomobil sanoatidagi rejalar bilan tanishdi | Zamon.uz