Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

“Madaniyat va sanʼat, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida”gi prezident qaror qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:
— 2025 yil 1 yanvardan boshlab – 20 foizga;
— 2025 yil 1 iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.
Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.







