O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda 3 bosh Buxoro bug‘usi o‘ldirildi

Oqibatda 3 mlrd 375 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Qoraqalpog‘istonda 3 bosh Buxoro bug‘usi o‘ldirildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati xodimlari tomonidan 3 bosh Buxoro bug‘usi ovlanganligi aniqlandi. Holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani IIB tomonidan o‘rganildi.

 

O‘rganish davomida bitta erkak va ikkita urg‘ochi bug‘ular ov miltig‘i bilan o‘ldirilganligi maʼlum bo‘ldi. Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganida rezervatning zaxira yerlaridan 2 ta ov miltig‘i o‘q dorisining plastik bo‘laklari, qonga o‘xshash qizil dog‘lar va ov miltig‘i topildi. Ov miltig‘i ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘ulari o‘ldirilishi natijasida hayvonot dunyosiga jami 3 mlrd 375 mln so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan. 

 

Holat yuzasidan fuqaro M.K. Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Hozirda Beruniy tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovoldi tekishiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Prezident Samarqanddagi tashrifini Yoshlar kreativ parkidan boshladi

Shuningdek, davlat rahbari nemis tilini o'qitish markazida bo'ldi va ekofaollar bilan ham suhbatlashdi.

custom img

Davlat grantida o‘qigan bitiruvchilar uchun majburiy ishlab berishning yangi tartibi joriy qilinishi mumkin

Bitiruvchilarning majburiy ishlab berish muddati ta’lim yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqib alohida belgilanadi.

custom img

19-martdan "metan zapravkalar" uzluksiz ishlaydi — Energetika vazirligi

Farg‘ona vodiysidagi “metan zapravkalar” faoliyati bosqichma-bosqich tiklanayotgani ma'lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda qarz mojarosi ortidan IIB xodimlari va fuqarolar to‘qnashuvi bo‘lgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoga oydinlik kiritildi.

custom img

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ESG reytingini qo‘lga kiritdi

Kompaniya xalqaro Sustainable Fitch agentligi tomonidan baholanib, 50 balllik ko‘rsatkichni qayd etgan.

custom img

Afg‘onistondan olib kirilgan 4,5 kg gashishning savdosi to‘xtatildi

Shuningdek, Navoiyda narkolaboratoriya fosh etilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

O‘zbekistonda 20-mart Hayit bayrami kuni deb e’lon qilindi

O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan 4 kun dam oladi.

custom img

Toshkentda qalbaki hujjatlar orqali ijara uylarni sotgan jinoiy guruh aniqlandi

Besh nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"