Andijonda 45 metrlik osma ko‘prik qurilmoqda
Ko‘prik qurilishi tez orada yakunlanadi.

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani tog‘larida 45 metr balandlikda bo‘lgan osma ko‘prik qurilmoqda.
300 metr uzunlikdagi mazkur ko‘prik qurilishi tez orada yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Ko‘prik turistik maskanlardan biriga tegishli bo‘lib, “Orzu” deb nomlanadi, undan bir vaqtni o‘zida jami 40 nafar sayyohatchilar foydalanishi mumkin bo‘ladi.







