Endi faol nuroniylar kambag‘al oilalarga biriktiriladi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi.
Unga ko‘ra:
— xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo‘lib to‘lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;
— oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish, shuningdek, ushbu oilalarning taʼlim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlarini o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan taʼminlash;
— piyoda yurish madaniyatini targ‘ib qilish;
— keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish.
Faol nuroniylar har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida yaʼni 577 500 so‘m miqdorida rag‘batlantirib boriladi.
Bundan tashqari, keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 mln so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilandi.







