O'zbekiston

Jamoat transportlari tun-kun ishlash rejimiga o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Jamoat transportlari tun-kun ishlash rejimiga o‘tkazilishi mumkin

Strategik islohotlar agentligi matbuot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Tailand, AQSH, BAA va Avstraliya kabi tungi iqtisodiyot rivojlangan shaharlarda yillik daromadlar iqtisodiy o‘sishni sezilarli darajada rag‘batlantiradi.

 

Agentlikning taʼkidlashicha, Toshkentda tungi iqtisodiyotni samarali rivojlantirish uchun ayrim ko‘chalarni gastronomik zonalarga aylantirish bilan cheklanib qolmasdan, ustuvor qadamlarni qo‘yish zarur.

 

Shu munosabat bilan agentlik O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqdi, xususan:

 

2025 yil 1 fevraldan tungi iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ishchi guruh tuzish;

 

— ko‘ngilochar muassasalarning juma va shanba kunlari kecha-kunduz ishlashi hamda ularning ish soatlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish;

 

— turistik jozibador zonalarni aniqlash va ularda tungi tadbirlar uchun joylarni tashkil etish;

 

— Toshkent shahridagi jamoat transportini (avtobuslar, tramvay, metro) kecha-kunduz ishlash rejimiga o‘tkazish;

 

— tungi muassasalar, jamoat transporti yo‘nalishlari va maxsus takliflar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan "Tungi Toshkent" elektron platformasini yaratish;

 

— tungi iqtisodiyot uchun maʼlum hududlarni modernizatsiya qilish, ko‘chalarni yoritishni kuchaytirish hamda aholi va sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish.

 

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, "O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident farmoni loyihasini ishlab chiqish, shuningdek, tungi iqtisodiyot sohasida litsenziyalash tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi qonunni tayyorlash maqsadga muvofiqligi taʼkidlangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Jamoat transportlari tun-kun ishlash rejimiga o‘tkazilishi mumkin | Zamon.uz