Samarqandda buxgalter korxona pulini qimorga tikib yubordi
U salkam 6,5 mlrd pulni talon-taroj qilgan.

Samarqand shahrida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ph.l.” MCHJda hisobchi lavozimida ishlagan B.M. bank elektron kalitlaridan foydalanib, MCHJning 6,4 mlrd so‘m mablag‘ini soxta maʼlumotlarni rasmiylashtirish orqali o‘zining nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazib olishga erishib, ushbu mablag‘larni internet tarmoqlaridagi qimor o‘yinlarida yutqazib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167- va 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







