Terrorchi tashkilot safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 17 yoshli yigit qo‘lga olindi
Ushbu fuqaro 16 nafar tanishlari bilan noqonuniy “jamoat” bo‘lib yig‘ilgan vaqtda ushlandi.

IIV hamda DXX xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlarda Toshkent viloyatida ekstremistik g‘oyalar taʼsiriga tushib qolganlar aniqlandi.
IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2007 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan K.I. internet tarmog‘ida ekstremistik g‘oyalar taʼsiriga tushishi natijasida 16 nafar yaqin tanishlari bilan noqonuniy “jamoat” bo‘lib yig‘ilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan "Islom davlati" xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirganliklari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







