O‘zbekistonda 5,8 mlrd so‘m ish haqi va nafaqa talon-taroj qilindi
Bu bo‘yicha 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.
Qayd etilishicha, respublikadagi mahallalarning 3646 tasida (38,5%) jinoyat qayd etilmagan, 4596 tasida (48,6%) jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishilgan.
Shuningdek, ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd so‘mi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2024 yilgi investitsiya dasturi asosida kurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan obyektlarda qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida eʼtibor qaratilib, 61,2 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar va 82,1 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida bartaraf etilib, huquqbuzarliklarning oldi olingan.







