O'zbekiston

Londonda O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

Unda o‘zbekistonlik bir qator olimlar ishtirok etmoqda.

Londonda O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

Islom sivilizatsiyasi axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi bir qator olimlar, tadqiqotchilar, shuningdek, Fransiyadagi Temuriylar jamiyati asoschisi va prezidenti Frederik Bressandan iborat delegatsiya Londondagi Al-Furqon islom merosi fondida bo‘ldi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) va Al-Furqon islom merosi fondi bilan yaqindan hamkorlik qilish borasida so‘z yuritildi.

 

— Bugun Yangi O‘zbekistonda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan madaniy merosni asrab-avaylashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada britaniyalik do‘stlarimiz bilan hamkorlik alohida o‘rin tutadi. Xususan, Prezidentimiz tashabbuslari bilan bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Buyuk Britaniyadagi qator tashkilotlar va olimlar bilan bir nechta loyihalarni amalga oshirmoqda, - dedi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov. — Joriy yil avgust oyida Toshkent va Samarqandda o‘tkazilgan VIII xalqaro kongressda, shu bilan birga oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan xalqaro madaniy meros haftaligida o‘ndan ortiq britaniyalik olimlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etishdi. Ayni paytda bu loyihalarni takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Shu o‘rinda Londondagi Al-Furqon islom merosi fondi boshqaruvi direktori janob Sali Shahsivari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar alohida ahamiyatga ega. Bugun biz bu yerga ana shu hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha bir guruh olimlar bilan kelganmiz. Janob Shahsivari O‘zbekistonda bizga bir qator qiziqarli loyihalarni taklif etgan edilar. Ulardan biri buyuk yurtdoshimiz Qaffol ash-Shoshiyning asarlarini o‘rganish bilan bog‘liq.

 

Uchrashuvda qayd etilganidek, islom olamida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan bu asarning nusxalarini jamlash, ularning faksimilelarini yaratish alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari, uchrashuvda Al-Furqon fondida madaniy merosimizga oid yana bir qator asarlar saqlanayotgani va kelgusida ana shu qo‘lyozmalarni birgalikda tadqiq etish rejalashtirilayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Al-Furqon islom merosi fondi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Uchrashuv davomida O‘zbekiston madaniy merosi hamda “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomlari, shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari kitoblari, esdalik sovg‘alari Al-Furqon islom merosi fondi direktoriga topshirildi. Shu o‘rinda Sali Shahsivari kelgusida hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanligini bildirdi.

 

Kunning ikkinchi qismida delegatsiya dunyodagi eng yirik va nufuzli Christieʼs va Sothebyʼs autsion uylarida ham bo‘ldi. Ular sanʼat asarlari, antikvariat, zargarlik buyumlari va boshqa qimmatbaho kolleksiyaviy predmetlarni sotish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi.

 

Ushbu tashrif O‘zbekistonning madaniy merosini xalqaro maydonda targ‘ib qilish, Buyuk Britaniya bilan ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.