Toshkentda 5 ta mashina avariyaga uchradi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Kecha, 28 noyabr kuni soat 16:10 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik Shox - Movarounnahr ko‘chalari kesishmasida bir yo‘nalishda harakatlanib kelgan HONGI EQM 5,Cobalt, Tracker-2, Nexia-3 va Onix avtomashinalari oraliq masofaga amal qilmasdan to‘qnashuv sodir etishgan.
Ushbu YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







