O'zbekiston

Toshkentda soxta Obodonlashtirish xodimlari ushlandi

Ular shu orqali ko‘chada tilanchilik qilishgan.

Toshkentda soxta Obodonlashtirish xodimlari ushlandi

Toshkent ko‘chalarida go‘yoki "Obodonlashtirish xodimlari" qiyofasida avtoulov egalaridan pul so‘rab tilanchilik qilayotgan ayrim ayollar aniqlandi. Bu haqida Chilonzor tumani hokimligi maʼlum qildi.

 

Hokimlik eʼlon qilgan videoreportajda obodonlashtirish xodimlari murojaat bilan chiqib, chorrahalarda ayrim ayollar o‘zlarini obodonlashtirish xodimi sifatida tanishtirib, chorrahalarda avtomobil egalaridan pul so‘rayotgan ayollardan bu ishidan qaytishini so‘rashgan.

 

Hokimlik masʼul xodimlaridan biri ko‘chada obodonlashtirish xodimlarining kiyimlarini kiyib yurgan soxta xodimlarning oldiga borib, ularni so‘roqqa tutganida, ular Olmazor tumani hokimligi Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari ekanini aytishgan. Shu vaqtda Obodonlashtirish bo‘limi rahbariga qo‘ng‘iroq qilinib, haqiqatda shunday xodimlar borligini so‘ralganida, tizimda bunday xodimlar yo‘qligi aniqlangan.

 

Soxta obodonlashtirish xodimlari ular haqiqatda xodim emasligini tan olib, pul topishga imkoni yo‘qligi, shu sabab shunday yo‘l orqali pul topishga majbur bo‘lganini aytishgan.

 

Shundan so‘ng Obodonlashtirishning haqiqiy ayol xodimalari ularga murojaat qilib, bu yo‘ldan qaytishini iltimos qilishgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.