Chegarada kiyimiga 40 ta qushni yashirgan fuqaro ushlandi
U bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Maʼlum bo‘lishicha, Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona post orqali qo‘shni mamlakatdan kirib kelayotgan fuqaro xatti-harakatlari bojxona xodimlarining eʼtiborini tortgan.
O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan, shaxs egnidagi kiyimining ichiga 40 bosh saʼva qushlari yashirilganligi fosh etilgan.







