O'zbekiston

Koreyaga ishlashga borgan ikki o‘zbekistonlik qochib ketdi

Hozirda ularga jarima qo‘llash chorasi ko‘rilmoqda.

Koreyaga ishlashga borgan ikki o‘zbekistonlik qochib ketdi

Joriy yilning 11 noyabr kuni E-9 ishchi vizasi orqali Koreyaga 100 nafar o‘zbekistonlik jo‘nab ketgandi. Ularning orasidan ikki nafari (Samarqand va Jizzax viloyatlaridan) oradan 3-4 kun o‘tganidan so‘ng o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgani aniqlangan.

 

O‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlamasdan, shartnoma shartlarini qo‘pol tarzda buzgan ikki huquqbuzarning mahallalariga masʼullar bordi va ularning ota-onalari, mahalla ahli ishtirokida holat muhokama qilindi. Hozirda ularga jarima qo‘llash va kerak bo‘lsa O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

 

O‘zbekiston fuqarolari Koreyada ish joyini sababsiz tashlab ketsa, oradan o‘tadigan har bir oy uchun kafillikka olgan qarindoshiga 2000$ jarima qo‘llanilishiga asos bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.