Lifestyle

Mashhur bloger bir vaqtda 28 ta Ginnes rekordini o‘rnatdi

U bunga hali efirga uzatilmagan shousi bilan erishgan.

Mashhur bloger bir vaqtda 28 ta Ginnes rekordini o‘rnatdi

Mashhur YouTube blogeri Mr. Beast o‘zining hali efirga uzatilmagan Beast Games reality shousi tufayli Ginnesning 30 ga yaqin rekordini yangiladi. U X ijtimoiy tarmog‘ida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani uchun taqdim etilgan sertifikatlar to‘plami suratini joylashtirdi.

 

“Ginnes bizga Beast Games shousini suratga olish jarayonida bir nechta rekordlarni yangilaganimiz haqida ushbu hujjatlarni taqdim etdi. shouning premyerasi 22 kundan keyin bo‘lib o‘tadi. Hozirda men qattiq hayajondaman”, deya izoh qoldirdi bloger.

 

Bundan tashqari, Mr. Beast ko‘ngilochar shouda qatnashgan eng ko‘p ishtirokchilar soni hamda eng katta pul mukofoti sovrini kabilar uchun ham Ginnesga kiritilgani haqida qo‘shimcha qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"