Jahon

Yevrokomissiya TikTok’ni aybladi: platforma ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi mumkin

Agar qonunbuzarlik tasdiqlansa, TikTok jarimaga tortilishi mumkin.

Yevrokomissiya TikTok’ni aybladi: platforma ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi mumkin

Yevrokomissiya TikTok ijtimoiy tarmog‘ining tavsiya algoritmi foydalanuvchilarni ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan videolarni qayta-qayta tomosha qilishga undayotganini aniqladi. Idora platformaning bunday faoliyati Yevropa Ittifoqining Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunini (DSA) buzishi mumkinligi haqida dastlabki xulosasini e’lon qildi.

 

Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, TikTok’ning «For You» sahifasi foydalanuvchilarning qiziqishlari va platformadagi faolligiga qarab videolarni tavsiya qiladi. Masalan, foydalanuvchi tushkunlik, yolg‘izlik, vazn yo‘qotish yoki tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq videolarni ko‘p tomosha qilsa, algoritm unga shu mavzudagi boshqa materiallarni ham taklif qilishi mumkin.

 

Yevrokomissiya bunday holatni «quyon ini» (rabbit hole) effekti deb atamoqda. Unga ko‘ra, bir xil mazmundagi videolarning tinimsiz tavsiya qilinishi ayrim foydalanuvchilarda xavotir, tushkunlik, o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishi va tashqi ko‘rinishidan norozilik kabi muammolarni kuchaytirishi mumkin. Bu, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va ruhiy jihatdan zaif foydalanuvchilar uchun xavf tug‘diradi.

 

Komissiya TikTok mavjud xavflarni yetarlicha baholamagan, ularni kamaytirish uchun joriy etilgan choralar esa samarali emas, degan dastlabki xulosaga kelgan.

 

Xususan, platformadagi «Qiziq emas» (Not interested) tugmasi ham foydalanuvchining tavsiya qilinayotgan kontentni o‘zgartirish istagini yetarli darajada aks ettirmasligi mumkin. Chunki algoritm foydalanuvchining videoni qancha vaqt tomosha qilganiga uning kontent bo‘yicha bildirgan bevosita tanlovidan ko‘ra ko‘proq ahamiyat berishi mumkin.

 

Yevrokomissiya TikTok’dan tavsiya tizimini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Jumladan, foydalanuvchilarning aniq bildirgan istaklariga ko‘proq e’tibor qaratish, videolarni tomosha qilish vaqtini tavsiya algoritmidagi asosiy signallardan biri sifatida ishlatmaslik, kontentni boshqarish vositalarini qulaylashtirish va algoritmni muntazam sinovdan o‘tkazish taklif etilmoqda.

 

Endi TikTok kompaniyasi komissiyaning dastlabki xulosalariga javob berishi va o‘z pozitsiyasini taqdim etishi mumkin. Hozircha bu yakuniy qaror hisoblanmaydi. Agar tekshiruv yakunida qonunbuzarlik tasdiqlansa, kompaniyaga jahon bo‘yicha yillik aylanmasining 6 foizigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

Qirg‘iziston Rossiyaga nota yubordi: armiyaga yollangan fuqarosini qaytarishni talab qildi

Qirg‘iziston Rossiyaga nota yubordi: armiyaga yollangan fuqarosini qaytarishni talab qildi

Qirg‘iziston 21 yoshli fuqarosi Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilinganini bildirdi.

Yamanda bozorga havo hujumi uyushtirildi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Yamanda bozorga havo hujumi uyushtirildi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Mahalliy ma’muriyat hujum yuzasidan qarama-qarshi ma’lumot bergan.

Saylovdan keyingi ikki kun: Ilon Mask kompaniyalari 420 mlrd dollar yo‘qotdi

Saylovdan keyingi ikki kun: Ilon Mask kompaniyalari 420 mlrd dollar yo‘qotdi

Uning sof boyligi so‘nggi haftada 90 milliard dollarga qisqargan.

AQSh Eronga yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda: ehtimoliy sana ma’lum qilindi

AQSh Eronga yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda: ehtimoliy sana ma’lum qilindi

Oq uyda 4–5-noyabr kunlari Donald Tramp va milliy xavfsizlik jamoasi Eronga zarbalarni qayta boshlash masalasini muhokama qilgan.

Putin va Zelenskiyga maktub: Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashdi

Putin va Zelenskiyga maktub: Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oleshki shahridagi gumanitar operatsiya va ikki davlat bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

U o‘z ishidan mamnunligini va prezident uchun ishlash doim rejasida bo‘lganini aytgan.

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar o‘qituvchi ham bor.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.