O'zbekiston

O‘zbekistonda 20 ga yaqin mansabdor jazolandi

Bu qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq.

O‘zbekistonda 20 ga yaqin mansabdor jazolandi

Qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish, isteʼmolchilarga yoqilg‘i-energiya resurslarini barqaror yetkazib berish hamda ularni tejash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim rahbarlarning shaxsiy masʼuliyatini yana-da oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi.

 

Mazkur hujjatga asosan hududlardagi bir qator masʼullarga intizomiy jazo qo‘llanilgan.

 

Xususan, elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish bo‘yicha belgilangan rejaga amal qilmagani, energiya resurslaridan foydalanishda limitdan oshishiga yo‘l qo‘ygani hamda nazoratni taʼminlamagani uchun Oqoltin tumani hokimi K.Ernazarov, Mirzaobod tumani hokimi O.Raxmonqulov, Bo‘stonliq tumani hokimi J.Axmedov, Bekobod tumani hokimi sh.Do‘sbekov, Zangiota tumani hokimi E.Rustamov, Toshkent tumani hokimi S.Ergashev, Yangiyo‘l tumani hokimi O.Ataullayev, Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov, Bog‘dod tumani hokimi G‘.Soliyev, Beshariq tumani hokimi R.Jo‘rayev, So‘x tumani hokimi S.Saidmusayev, Furqat tumani hokimi E.Asronqulovga “hayfsan” berilgan.

 

Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ygani uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri B.Juzbayev, Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari K.Komilov, Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari G‘.Murodxo‘jayev, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O.Sultonbekov, Andijon tumani hokimi B.Yo‘ldoshev, Beruniy tumani hokimi I.Xidirovga “hayfsan” eʼlon qilingan.

 

Bundan tashqari, hududlarda aholiga ko‘mir tarqatishni kechiktirish, sifatsiz ko‘mir tarqatish kabi holatlar juda ko‘p kuzatilgani hamda ushbu holatlarni zarur darajada nazoratga olmagani uchun «O‘zbekko‘mir» AJ bosh direktori o‘rinbosari E.Yoqubov oxirgi marta ogohlantirilgan.

 

Farmoyish bilan tegishli vazirlik va idoralarga ko‘rsatilgan shahar hamda tumanlar sektor rahbarlari faoliyatiga baho berib, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish hamda natijalari to‘g‘risida bir kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish topshirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda 20 ga yaqin mansabdor jazolandi | Zamon.uz