Sirdaryoda noyob arxeologik topilmalar aniqlandi
Ular orasida bronza oyna va tangalar ham bor.

Sirdaryoda Xitoy va O‘zbekiston arxeologlari noyob topilmalarni aniqladi.
Topilmalar Mengchaktepa hududida aniqlandi. Ular orasida ipak parchalari, teri mahsulotlari, bronza oynalar, to‘rtburchak teshikli tangalar va marvaridlar bor.
Olimlar topilmalarni kelgusidagi tadqiqotlar uchun saqlab qolish maqsadida zamonaviy organik materiallar konservatsiyasi usullarini qo‘llashmoqda.







