Toshkentda uyida 650 mln so‘mlik “paqildoq” saqlagan shaxs ushlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida pirotexnika buyumlarining muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida Chilonzor tumani, “Beshqo‘rg‘on” MFY hududida yashovchi M.K.ning (muqaddam sudlangan) xonadonidan yangi yil bayrami arafasida sotish maqsadida olib kelingan umumiy bahosi 658,6 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 4 440 dona “Creative Color Smoke” nomli hamda 20 127 dona nomi yozilmagan pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







