Yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari Toshkentda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Mezbonlik O‘zbekistondan Bahraynga ko‘chirildi.

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi Toshkentdan Bahraynga ko‘chirildi.
Osiyo olimpiya kengashi O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘smirlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlari bekor qilinganini eʼlon qildi.
Tadbir 2025 yilda Bahraynda o‘tkaziladi. Ijroiya kengashi o‘z qaroriga izoh bermagan.







