Farg‘onadagi choyxonada 1,2 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi
Hozirda holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, Bag‘dod tumanida fuqaro shartnoma choyxonasini rasmiylashtirmasdan o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulab, yuritgan.
Oqibatda elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 237 mln so‘mlik zarar yetgan.
Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.







