Qashqadaryoda 5 ta mashina avariyaga uchradi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Qayd etilishicha, hodisa 1 dekabr kuni 22:02 larda Qarshi shahar “Beklar” mahallasi hududida yuz bergan. Lacetti haydovchisi P.D. A.Temur ko‘chasi tomonidan Qarshi shahar “Jayxun“ ko‘chasi tomon harakatlanib borib, ikkinchi Lacetti yo‘liga chiqib ketgan. Shundan so‘ng yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan uchinchi Lacetti, Cobalt va Trecker bilan to‘qnashgan.
Oqibatda uchinchi Lacetti salonida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







